logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sherki APLda hammadan ko'proq golli vaziyat yaratyapti

 28 DEKABR, 2025, 15:42

"Manchester Siti" hujumchisi Rayan Sherki Angliya Premer-ligasining 2025/26 yilgi mavsumida 10tadan ortiq golli vaziyat yaratgan ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, u ettita golli uzatmani amalga oshirib, o'yindan golli uzatma berish bo'yicha rekord o'rnatdi, bu liganing barcha o'yinchilari orasida eng yaxshisidir. Bu haqda Squawka tahliliy portali xabar bermoqda.

APLning 18-turidan o'rin olgan 27 dekabr kungi bahsda Sherki "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinning 83-daqiqasida g'alaba to'pini kiritdi. Natijada "Manchester Siti" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Xosep Gvardiola jamoasi 18 o'yindan so'ng 40 ochko bilan APL turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Unda Londonning "Arsenal" klubi 42 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ