"Real" Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi bilan bepul shartnoma imzolashi mumkin
28 DEKABR, 2025, 15:30
Madridning "Real" klubi kelasi yozda erkin agentga aylanadigan yarim himoyachilarni kuzatib bormoqda. "Qaymoqranglilar" qishki transferlar vaqtida bu pozitsiyani kuchaytirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" uchun variantlardan biri Portugaliya terma jamoasi va "Al-Hilol"ning 28 yoshli yarim himoyachisi Ruben Nevesh bo'lib, uning mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistoni jamoasi agar 15-20 mln evrolik taklif olsa, futbolchini joriy qishda sotib yuborishga tayyor.
Nevesh "Al-Hilol" safida 2023 yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 25 mln evroni tashkil etadi.
