Arshavin: "Agar Gordon va Sheshko 40 million evrodan tursa, men qancha turardim, 200 million evro?"
28 DEKABR, 2025, 15:06
Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Andrey Arshavin Angliya Premer-ligasi 18-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Nyukasl" (1:0) o'yinini tomosha qilgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Sobiq hujumchi o'yinni "Old Trafford" stadionida tomosha qildi.
- Eshityapsanmi, Gordon, Sheshko kabi futbolchilar 40 mln evrodan bo'lsa, ha, men qancha, 200 mln evro bo'lardim?
- Bugun "Arsenal" seni qanchaga sotib olardi?
- Men aytdim-ku, agar bular 40 mln evrodan bo'lsa, men 200 mln evro turishim kerak, agar Antoni 100 mln evro tursa.
- Nima deb o'ylaysan, "Manchester Yunayted"ning hozirgi barcha o'yinchilari orasida sen o'z praymingda eng kuchlisi bo'larmiding?
- Ha. Xullas, bugun futbolchilarni umuman ko'rmadim. Yo'q, "Manchester"ning darvozaboni yaxshi, Dorgu ham yaxshi", - dedi u.
