logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Hartman - "Ayaks"ning asosiy maqsadlaridan biri

 28 DEKABR, 2025, 15:00

"Byornli"ning chap qanot himoyachisi Kvilindsi Hartman Niderlandiyaning "Ayaks" klubining transfer maqsadiga aylandi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Ayaks" 24 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha allaqachon "Byornli" bilan bog'langan. Qayd etilishicha, Hartman "Ayaks"ning yanvardagi transferlar oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Hartman joriy yilning yozida "Byornli" safiga kelib qo'shilgandi. Jamoa tarkibida u Premer-ligada 15 ta o'yinda maydonga tushdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hartmanning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ