logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Tottenxem" van de Ven bilan muzokaralarni tezlashtirmoqchi

 28 DEKABR, 2025, 14:54

Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Mikki van de Ven bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "shporlar" yangi yildan keyin futbolchi bilan muzokaralar jarayonini tezlashtirmoqchi. Ayni vaqtda niderlandiyalik himoyachi yiliga 5,4 mln evro atrofida maosh oladi. Ta'kidlanishicha, van de Ven o'z maoshini ikki baravar oshirishni kutmoqda.

Bu mavsumda 24 yoshli van de Ven barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 23ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi.

Himoyachining "Tottenxem" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 65 mln evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ