logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kroos «Real» safidagi eng zo'r o'tgan o'yin qaysi ekanini aytdi

 28 DEKABR, 2025, 14:24

Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos o'z faoliyatida qaysi o'yinni ajoyib deb hisoblashini aytdi.

«Bu 2017 yilda «Yuventus»ga qarshi o'tgan Chempionlar ligasi finali. O'sha o'yinda biz 4:1 hisobida g'alaba qozongandik», — deya Kroosning so'zlarini Madrid Xtra X ijtimoiy tarmog'ida Romario TV YouTube-kanaliga tayanadi.

2016/2017 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Kardiff shahridagi «Prinsipaliti» («Millenium») stadionida bo'lib o'tgan. Ushbu bahsda «qaymoqranglar» safida Krishtianu Ronaldu dubl qayd etgan bo'lsa, Kazemiro va Marko Asensio ham gol urishdi. Turinliklar jamoasining yagona goliga Mario Manjukich mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ