«So'g'diyona» serbiyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
28 DEKABR, 2025, 14:06
Yangi mavsum oldidan yuksak maqsadlar sari dadil qadam tashlayotgan «So'g'diyona» jamoasi tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.
Jamoa serbiyalik tajribali hujumchi Fejsal Mulich bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2026 yil yakuniga qadar amal qiladi.
Tajribali legioner haqida:
Fejsal Mulich faoliyati davomida bir qator nufuzli Evropa va Osiyo klublarida to'p surgan. Jumladan:
"Myunxen 1860", "Royal Moussron", "Hapoel Asre", "Hapoel Tel-Aviv", "Bnei Ehuda", «Mura», "Velež Mostar", «Seongnam», "Suvon Bluevings", «Elimay» va "Buriram United" jamoalari safida o'ynagan.
"So'g'diyona" matbuot xizmati
