logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Nottingem" ustozi: "Hakamlar yomon kun o'tkazdi"

 28 DEKABR, 2025, 13:06

"Nottingem Forest" bosh murabbiyi Shon Daych "Manchester Siti"ga qarshi o'yindagi hakamlikdan norozi bo'ldi. APL o'n sakkizinchi turidan o'rin olgan uchrashuv 1:2 hisobida "o'rmonchilar"ning mag'lubiyati bilan yakunlandi.

"Bu, afsuski, o'yinga bo'lgan asosiy e'tiroz. Hakamlar haqida gapirmaslikka harakat qilaman. Umuman olganda, ular o'z ishlarini yaxshi uddalashmoqda, ammo bugun omadsiz kun bo'ldi," - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi BBC.

"Men allaqachon VAR bo'yicha hisobot so'rovini yuborganman, chunki Morgan Gibbs-Uayt bilan sodir bo'lgan voqea qoidabuzarlik hisoblanmasligi mumkin emas, deb o'ylayman".

"Nottingem Forest" 18 ochko bilan o'n ettinchi, "Manchester Siti" esa 40 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ