"Qiziqarli janglar bo'lardi". Maxachev - MMA bo'yicha jahon chempionati haqida gapirdi
28 DEKABR, 2025, 10:32
UFC chempioni Islam Maxachev professional aralash yakkakurashlar bo'yicha jahon chempionati o'tkazish g'oyasini qo'llab-quvvatlashini bildirdi va Rossiya terma jamoasi uchun ideal bosh murabbiy nomini aytdi.— Seningcha, professionallar o'rtasida MMA bo'yicha jahon chempionati bo'lishi yaxshi bo'larmidi?
— Ha, albatta yaxshi bo'lardi. Gap-so'zlar kamayardi. Qiziqarli janglar bo'lardi. Men qo'llab-quvvatlayman. Lekin Dana Uaytning bu masalada o'z qarashi bo'lishi mumkin.
— Rossiya terma jamoasiga kimni bosh murabbiy qilarding?
— Menimcha, Xabib 100 foiz murabbiy bo'lishi kerak edi, hamma jangga juda yaxshi formada chiqardi, — dedi Maxachev.
Manba: olamsport.com
