logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Afrika millatlar kubogi. Nigeriya 2-turda Tunisni mag'lub etdi (videosharh)

 28 DEKABR, 2025, 09:06

Afrika millatlar kubogining guruh bosqichi 2-turida Nigeriya va Tunis terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. Bellashuvda Nigeriya 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida Viktor Osimxen Nigeriyani oldinga olib chiqdi. 50-daqiqada Onine Ndidi jamoa ustunligini ikki baravarga oshirdi, 67-daqiqada esa Ademola Lukman nigeriyaliklarning uchinchi golini kiritdi.

74-daqiqada Montassar Talbi Tunisning ilk golini urdi. 87-daqiqada Ali Abdi penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni minimumga tushirdi — 2:3.

Ushbu o'yindan so'ng Nigeriya 6 ochko bilan C guruhi turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Tunis esa 3 ochko bilan ikkinchi o'rinda joylashgan.

2025 yilgi Afrika millatlar kubogi Marokashda o'tkazilmoqda. Musobaqada olti guruhga bo'lingan 24 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. Turnir 18 yanvarga qadar davom etadi. Afrika millatlar kubogining amaldagi g'olibi — Kot-d’Ivuar terma jamoasi.

Afrika millatlar kubogi. C guruhi. 2-tur
27 dekabr 2025 yil, shanba.
Nigeriya — Tunis — 3:2
Gollar: 1:0 — Osimxen (44), 2:0 — Ndidi (50), 3:0 — Lukman (67), 3:1 — Talbi (74), 3:2 — Abdi (87, penalti)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ