"Inter" xavbekiga yangi da'vogar chiqdi
28 DEKABR, 2025, 08:48
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Davide Frattezi yana bir klub qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
26 yoshli futbolchini "Fenerbaxche" nishonga olgan. SportMediaset xabariga ko'ra, turk grandi "neradzurrilar"ga 40 mln evroga sotib olish sharti bilan ijara taklifini berishga tayyor. Xavbek hozircha bunga ishonchi komil emas: u JCh-2026 arafasida Italiyada qolishni afzal ko'radi.
Avvalroq, Davide Frattesining qishki transfer oynasida "Yuventus"ga o'tish istagi borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 28 mln evroga baholamoqda, uning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
