"Chelsi" sardori Jeyms "Aston Villa"dan uchralgan mag'lubiyatni izohladi
28 DEKABR, 2025, 08:42
"Chelsi" futbolchisi Ris Jeyms APL doirasidagi "Aston Villa"ga (1:2) qarshi o'yindan so'ng intervyu berdi.
"Uyda yutqazish har doim alamli. Dastlabki 60-65 daqiqada ustunlik qildik. "Aston Villa"da bir soatlik o'yinda golli vaziyatlar bo'lmadi, ammo keyin raqib gol urdi - o'shanda hammasi o'zgardi. Bir-ikki vaziyat o'yinni o'zgartirib yubordi. Ehtimol, ularning o'zgarishlari ta'sir ko'rsatgandir, lekin uddalab bo'lmaydigan narsa yo'q edi. O'zimiz aybdormiz - xatolarimiz uchun jazolandik. Bu dunyodagi eng kuchli liga," - dedi Ris Jeyms Sky Sports bilan suhbatda.
30 dekabr kuni Entso Mareski jamoasi o'z maydonida "Bornmut"ga qarshi bahs olib boradi.
