Saka "Arsenal" tarixida APLda golli uzatmalar soni bo'yicha beshinchi o'ringa ko'tarildi
28 DEKABR, 2025, 08:36
Londonning "Arsenal" klubi vingeri Bukayo Saka klubning Premer-ligadagi eng yaxshi assistentlari ro'yxatida beshinchi o'ringa chiqib oldi.
24 yoshli ingliz shanba kuni "Brayton"ga qarshi kechgan va "kanonirlar"ning (2:1) g'alabasi bilan yakunlangan o'yinda Martin Edegorga assistentlik qildi. Squawka xabariga ko'ra, Saka Aaron Remzini ortda qoldirib, "Arsenal" safida APLda golli uzatmalar soni bo'yicha beshinchi o'rinni egalladi (47). Undan yuqorida Dennis Bergkamp (94), Terri Anri (74), Sesk Fabregas (70) va Mesut O'zil (54) joy olgan.
Bukayo Saka 2019 yildan beri London grandining asosiy jamoasida o'ynamoqda. Umuman olganda, futbolchi Premer-ligada 211 ta o'yin o'tkazib, 57 ta gol urgan.
