logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Filipe Luis "Flamengo"dan "noreal" maosh so'radi - murabbiy Evropaga ketishi mumkin

 28 DEKABR, 2025, 08:18

"Flamengo" murabbiy Filipe Luis bilan yangi shartnoma shartlari bo'yicha kelisha olmayapti. Istiqbolli mutaxassis jamoani Braziliya chempionati va Libertadores kubogida zafar quchishga olib keldi, biroq shu bilan tomonlarning mehnat munosabatlari yakunlanishi mumkin. Jurnalist Venya Kasagrande xabariga ko'ra, agent Jorje Mendesh Luis uchun yiliga 5 mln evro maosh so'ragan, shuningdek, kelishuvga chet el klublari murabbiyni arzimagan pul evaziga qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan tovon puli bandini kiritishni talab qilgan. "Flamengo" rahbariyati talablarni juda yuqori deb topdi va rad javobini berdi.

Manbaga ishonadigan bo'lsak, murabbiyda "noreal" so'rovdan voz kechish va shartnomani uzaytirish uchun bir kun vaqt bor. Madridning "Atletiko" klubining mashhur sobiq futbolchisi agar vatanini tark etishga qaror qilsa, Evropaning etakchi chempionatlaridan biriga ishga joylashishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ