logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" 19 yoshli transfer maqsadi uchun 45 mln evrodan ko'proq pul sarflashiga to'g'ri keladi

 28 DEKABR, 2025, 08:12

Niderlandiyaning "AZ Alkmaar" klubi Evropa grandlari da'vogarlik qilayotgan yarim himoyachi Kes Smit uchun narx belgiladi.

19 yoshli futbolchi ko'pincha Madridning "Real" klubi bilan bog'lanadi - niderlandiyalik futbolchi "qaymoqranglilar"ning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, istiqbolli xavbekning transferi 45 mln evrodan ko'proqqa tushadi. Talabgorlar bunday talabni qondirishga tayyormi yoki yo'qmi, hozircha noma'lum.

Kes Smitning nufuzli Transfermarkt saytidagi narxi - 22 mln evro. Futbolchi "AZ Alkmaar"ning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda 58 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urgan va ettita golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ