logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» 2025 yildagi eng chiroyli 50 ta golni tanladi (video)

 28 DEKABR, 2025, 00:34

Madridning «Real» klubi 2025 kalendar yili davomida jamoa tomonidan urilgan eng yaxshi 50 ta gol jamlangan rasmiy videoni e'lon qildi, deya xabar beradi Sports.kz.

Ayni paytda «qaymoqranglar» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam «Barselona»dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda.

Yilning eng asosiy voqealaridan biri Kilian Mbappening yutug'i bo'ldi. Ispaniya chempionati doirasida «Sevilya»ga qarshi o'yinda frantsuz hujumchisi 2025 yildagi 59-golini urdi va shu orqali «Real» safida bir kalendar yilda kiritilgan gollar soni bo'yicha Krishtianu Ronaldu rekordini takrorladi. Portugaliyalik yulduz ushbu natijani 2013 yilda qayd etgan edi.

59 ta gollik ko'rsatkichga etish uchun Mbappega 58 ta o'yin kerak bo'ldi. Hujumchi hisobida 11 ta dubl, to'rtta xet-trik va bitta poker bor. Shuningdek, 30 ta gol 2024/2025 mavsumining ikkinchi yarmida kiritilgan.

Joriy mavsumda Kilian Mbappe La Ligada 18 ta gol bilan to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ