logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. Uotkinsning dubli «Aston Villa»ga «Chelsi» maydonida irodali g'alabani keltirdi

 28 DEKABR, 2025, 00:30

"Aston Villa" safarda APL 18-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Chelsi"ni mag'lub etdi - 2:1.

Olli Uotkinsning dubli birmingemliklarga irodali g'alaba keltirdi. 29 yoshli angliyalik futbolchi ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi va 63 hamda 84-daqiqalarda gol urdi.

Londonliklarning yagona goli Joao Pedro hisobiga yozildi (37-daqiqa).

"Aston Villa" (39) barcha turnirlarda qatorasiga 11-g'alabani qo'lga kiritdi (APLda qatorasiga 8-g'alaba) va uchinchi o'rinda qoldi.

"Chelsi" (29) esa turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.

Chelsi - Aston Villa - 1:2

27 dekabr, 22:30. Stemford Bridj (London)

Gollar: Joao Pedro, 37 (1:0). Uotkins, 63 (1:1). Uotkins, 84 (1:2)

Chelsi: Sanches, Kukurelya (Gyusto, 69), Chaloba, Badiashile, Jeyms, Fernandes, Kaysedo, Garnacho (Gittens, 69), Palmer (Estevan, 72), Pedru Netu, Joao Pedro (Delap, 69)

Aston Villa: Martines, Matsen (Din, 83), Lindelef, Konsa, Kesh, Tilemans, Kamara (Bogard, 83), Rodjers, Buendiya (Uotkins, 59), Makginn (Onana, 59), Malen (Sancho, 59)

Ogohlantirishlar: Jeyms, 57. Chaloba, 68. Kaysedo, 71. Delap, 71 - Kesh, 30. Rodjers, 57. Kamara, 78

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ