logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Afrika kubogi. Senegal - Kongo DR uchrashuvida g'olib aniqlanmadi

 27 DEKABR, 2025, 23:24

Afrika Millatlar Kubogi guruh bosqichining 2-turida Senegal va Kongo DR terma jamoalari 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Kongo DR terma jamoasi 61-daqiqada Sedrik Bakambu tomonidan kiritilgan gol evaziga oldinga o'tib oldi. Senegalliklar oradan 8 daqiqa o'tib Sadio Manening goli evaziga javob to'pini kiritishdi.

Ikki turdan so'ng Senegal (4) D guruhida peshqadamlik qilmoqda. Kongo DR esa 4 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha ortda qolib, ikkinchi o'rinda bormoqda.

Guruhli turnirning so'nggi turida Senegal terma jamoasi Benin bilan, Kongo DR esa Botsvana bilan kuch sinashadi. Har ikki o'yin 30 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Senegal - Kongo DR - 1:1

27 dekabr, 20:00. Tagier Grand Stadium (Tanjer)

Gollar: Bakambu, 61 (0:1). Mane, 69 (1:1)

Senegal: Mendi, Kulibali, Niakate, Yakobs, Diatta, I.G. Gey, P. Gey (Kamara, 82), Ndiay (Sabali, 89), Mane, Sarr (Mbay, 62), Djekson (Diallo, 82)

Kongo DR: Mpasi-Nzau, Tuanzebe, Mbemba, Masuaku (J. Kayembe, 73), Van-Bissaka, Mutussami, Mukau (E. Kayembe, 73), Sadiki, Elia (Balikvisha, 87), Bongonda (Mbyukyu, 66), Bakambu (Mayele, 66)

Ogohlantirishlar: P. Gey, 28

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ