logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barsa" jarohat sabab uzoq vaqtga safdan chiqqan o'yinchisiga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin

 27 DEKABR, 2025, 23:00

Catalunya Radio xabariga ko'ra, "Barselona" prezidenti Joan Laporta Andres Kristensen bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Himoyachining hozirgi kelishuvi kelasi yozda tugaydi. Bir hafta oldin daniyalikda xochsimon bog'lamning qisman yirtilishi tashxisi qo'yilgan, u bir necha oyga safdan chiqqan.

Ta'kidlanishicha, futbolchi tekshiruv natijalaridan xabar topgach, qattiq ruhiy tushkunlikka tushgan. Shunday qilib, Laporta futbolchini tiklanganidan so'ng darhol shartnomasiz qoldirmaslik uchun uni qo'llab-quvvatlashga qaror qildi. Klub Andreasga maoshi kamaytirilgan qisqa muddatli shartnoma taklif qilishi mumkin - ehtimol yana bir mavsumga.

Kristensen joriy mavsumda 513 daqiqa maydonda harakat qildi va 1 ta gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ