logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Neftchi» 3 etakchi futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

 27 DEKABR, 2025, 22:54

«Neftchi»ning chempionlik yo'lidagi muvaffaqiyatiga munosib hissa qo'shgan tajribali futbolchilar bilan shartnoma uzaytirildi.

Himoyachi Farruh Sayfiev yangi mavsumda ham «Neftchi» safida harakat qilishda davom etadi. Klub va futbolchi o'rtasidagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi bo'lgan Farruh Sayfiev joriy mavsumda jamoamiz libosida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o'yinlarning 13 tasi g'alaba bilan yakunlangan bo'lib, futbolchi Superliga bahslarida jami 1406 daqiqa harakat qildi.

Shuningdek, 2025 yilgi mavsumda yorqin o'yin namoyish etgan yarim himoyachi Ikrom Aliboev "Neftchi" bilan ikki yillik bitimga imzo chekdi.

Ikrom Aliboev ushbu mavsumda jamoa tarkibida 28 uchrashuvda maydonga tushib, jami 2253 daqiqa harakat qilgan. O'zining barqaror o'yini bilan u O'zPFL tomonidan yil ramziy terma jamoasiga kiritilgan.

Bundan tashqari, tajribali himoyachi Muhsin Ubaydullaev navbatdagi ikki mavsumda Farg'onada o'tkazadigan bo'ldi.

Muhsin Ubaydullaev ushbu mavsumda Superliga doirasida 27 uchrashuvda maydonga tushib, jami 2387 daqiqa harakat qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ