logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Arsenal» «Brayton»ni engib, peshqadamlikni qaytarib oldi

 27 DEKABR, 2025, 22:06

"Arsenal" o'z maydonida APL 18-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Brayton"ni mag'lub etdi - 2:1.

Londonliklarga g'alabani Martin Edegorning goli (14-daqiqa) va mehmonlar forvardi Jorjino Ryutterning avtogoli (52) keltirdi. "Brayton"ning yagona goliga 64-daqiqada Diego Gomes mualliflik qildi.

"Arsenal" (42) ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritib, "Manchester Siti"ni (40 ochko) ortda qoldirib, APLda birinchi o'ringa qaytdi.

"Brayton" 24 ochko bilan 12-pog'onaga tushib ketdi.

Arsenal - Brayton - 2:1

27 dekabr, 22:30. Emireyts

Gollar: Edegor, 14 (1:0). Ryutter, 54 (2:0, avtogol) Gomes, 64 (2:1)

Arsenal: Rayya, Lyuis-Skelli (Gabriel Magalyayns, 71), Inkape, Saliba, Rays, Edegor, Subimendi, Merino, Trossar (Martinelli, 82), Dekeresh (Gabriel Jezus, 71), Saka

Brayton: Verbryuggen, Koppola (Uotson, 87), Dank, van Xekke, De Keyper (Viffer, 46), Xinshelvud (Uelbek, 74), Ayyari, Ferdi Kadioglu, Gomes (Kostulas, 87), Gruda (Minte, 46), Ryutter

Ogohlantirishlar: Lyuis-Skelli, 69. Inkape, 90 - Verbryuggen, 45. Dank, 50. Koppola, 56

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ