logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Liverpul» autsayder «Vulverxempton»ni taslim qildi

 27 DEKABR, 2025, 22:06

"Liverpul" o'z maydonida APL 18-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Vulverxempton"ga qarshi bahs olib bordi - 2:1.

Uchrashuvning 41-daqiqasida mersisaydliklar xavbeki Rayan Gravenberx hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o'tib, Florian Virts oradagi farqni oshirdi. 22 yoshli germaniyalik futbolchi jamoa safida debyut to'pini kiritdi.

Mehmonlarning yagona goliga 51-daqiqada Santyago Bueno mualliflik qildi.

"Liverpul" (32) APLda to'rtinchi o'ringa ko'tarildi. "Vulverxempton" (2 ochko) barcha turnirlarda ketma-ket 12-mag'lubiyatga uchradi va Angliya chempionati turnir jadvalida so'nggi o'rinda bormoqda.

Liverpul - Vulverxempton - 2:1

27 dekabr, 20:00. Enfild

Gollar: Gravenberx, 41 (1:0). Virts, 42 (2:0). S. Bueno, 51 (2:1)

Liverpul: Alisson, van Deyk, Konate, Kerkez, Frimpong, Djons, Gravenberx, Makallister, Virts (Noni, 90+3), Keza (Bredli, 61), Ekitike (Gakpo, 86)

Vulverxempton: Joze Sa, S. Bueno, Kreychi, Moskera (Arias, 79), Andre, Gomes, U. Bueno (Volfe, 62), Doerti (Chachua, 62), Xvan Xi Chxan (Larsen, 62), Mane, Arokodare

Ogohlantirishlar: Andre, 56

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ