logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Afrika millatlari kubogi. Benin terma jamoasi Botsvanani kichik hisobda mag'lub etdi (videosharh)

 27 DEKABR, 2025, 21:24

Afrika millatlari kubogining 2-turi doirasida Benin va Botsvana terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda Benin jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bahs Marokashning Rabot shahrida joylashgan «Rabot Olimpik» stadionida bo'lib o'tdi.

Ushbu o'yindagi yagona golni 28-daqiqada Yoan Rosh kiritdi va shu orqali Benin jamoasiga g'alaba olib keldi.

Bu natijadan so'ng Benin 3 ochko bilan D guruhida turnir jadvalining uchinchi o'rnida bormoqda. Botsvana esa hali ochko to'play olmagan holda jadvalni yopib turibdi. DR Kongo va Senegal terma jamoalarida ham 3 ochkodan bor va ularning bittadan zaxirada o'yini mavjud.

Afrika millatlari kubogi — 2025 Marokashda o'tkazilmoqda. Musobaqada olti guruhga bo'lingan 24 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. Turnir 18 yanvarga qadar davom etadi. Afrika millatlari kubogining amaldagi g'olibi — Kot-d’Ivuar terma jamoasi.

Afrika millatlari kubogi. D guruhi. 2-tur
27 dekabr 2025 yil, shanba.
Benin — Botsvana - 1:0
Gol: 1:0 — Yoan Rosh (28-daqiqa)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ