Italiya chempionati. "Fiorentina" yana mag'lub bo'ldi
27 DEKABR, 2025, 19:48
Italiya A Seriyasining 17-turida "Fiorentina" safarda "Parma"ga yutqazib qo'ydi - 0:1.
Yagona gol 48-daqiqada Oliver Serensen tomonidan kiritildi.
"Parma" ochkolarini 17taga etkazib, A Seriyada 14-o'ringa ko'tarildi. "Fiorentina" esa turnir jadvalida so'nggi o'rinda bormoqda - 9 ochko.
"Parma" keyingi turda 3 yanvar kuni "Sassuolo" mehmoni bo'ladi. Florensiyaliklar 4 yanvar kuni o'z maydonida "Kremoneze"ga qarshi bahs olib boradi.
Parma - Fiorentina - 1:0
Gol: Serensen, 48 (1:0)
Parma: Korvi, Valenti, Chirkati, Valeri, Brichgi, Keyta (Kremaski, 90+4), Serensen, Bernabe (Ordones, 81), Benediichak (Esteves, 68), Ondreyka (Oristanio, 68), Pelegrino (Djurich, 90+4)
Fiorentina: de Xea, Komutstso (Kuadio, 86), Viti (Fortini, 46), Pongrachich, Mandragora (Pikkoli, 63), Ndur (Zom, 76), Fadjoli, Parizi (Gozens, 76), Dodo, Gudmundsson, Kin
Ogohlantirishlar: Chirkati, 20. Korvi, 86 - Mandragora, 22. Pongrachich, 90
