logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

https://m.stadion.uz/news/detail/539573

 27 DEKABR, 2025, 17:42

"Yuventus" klubi qanot hujumchisi Kenan Yildiz klub bilan 2029 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erisha olmadi. Futbolchi yiliga 5 mln funt sterling (5,7 mln evro) ishlab topmoqchi, ammo bu summa Italiya grandini qiyin ahvolga solib qo'ymoqda. Bu haqda TuttoJuve xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, yiliga 5 mln funt sterling (5,7 mln evro) maosh klublarni Angliya chempionatidan qo'rqitmaydi. 20 yoshli vingerga "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda va uni hujumning ikki qanotida ham, hujumkor yarim himoyachi sifatida ham o'ynay oladigan universal futbolchi sifatida ko'rishmoqda.

Joriy mavsumda Yildiz barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 75 mln evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ