logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" Bundesliganing ikki himoyachisini nishonga oldi

 27 DEKABR, 2025, 15:18

"Barselona" sport rahbariyati "Volfsburg" himoyachisi Konstantinos Kulerakis va "Gamburg" himoyachisi Luka Vushkovichni kuzatib bormoqda. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar qishki transferlar davrida yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilardan birortasini o'z safiga qo'shib olishi amri mahol.

Joriy mavsumda Kulerakis barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushdi va ularda samarali harakat qilmadi. Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 25 mln evroni tashkil etadi.

Vushkovich 15 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan. Himoyachining "Tottenxem" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 40 mln evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ