"Liverpul” sobiq futbolchisi "Manchester Yunayted"ga Sterlingni sotib olishni taklif qildi
27 DEKABR, 2025, 15:16
"Liverpul” va Uels terma jamoasi sobiq futbolchisi Din Sonders "Manchester Yunayted"ga tarkibni "CHelsi" vingeri Rahim Sterling bilan kuchaytirishni taklif qildi."Agar jamoangizni kuchaytirishni istasangiz, nega Sterlingni o'z safiga qo'shib olmasligingiz kerak? U hujumda istalgan poziciyada o'ynay oladi. U "Manchester Yunayted"da o'ynashi mumkin. U "CHelsi"dan pastroq turadigan va APLda g'olib chiqishni istaydigan istalgan jamoada o'ynashi mumkin”, - dedi Sonders.
Rahim Sterling joriy mavsum "CHelsi" safida birorta ham o'yinda maydonga tushmadi, o'tgan mavsumni esa "Arsenal" safida ijarada o'tkazdi. Vinger "ko'klar" bosh murabbiyi Enso Mareskaning rejalaridan o'rin olmagan.

Manba: olamsport.com
