Mareska Xato jarohat olgani va Gittensning qaytganini ma'lum qildi
27 DEKABR, 2025, 15:06
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Entso Mareska Angliya premer-ligasining 18-turidan o'rin olgan "Aston Villa"ga qarshi o'yin oldidan jamoasi tarkibi bo'yicha dolzarb ma'lumotlarni taqdim etdi.
Mutaxassis o'yinoldi matbuot anjumanida himoyachi Yorrel Xato bo'lajak o'yinda ishtirok eta olmasligini ma'lum qildi. Futbolchi "Nyukasl"ga qarshi o'tgan o'yin oldidan chigilyozdi mashqlari paytidayoq jarohat olgandi.
Shu bilan birga, Jeymi Gittens londonliklar ixtiyoriga qaytdi. Avvalroq hujumchining elkasida muammolar kuzatilgandi, biroq barcha tiklash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Gittens kerakli jismoniy tayyorgarlikka ega va maydonga tushishga tayyor.
"Chelsi" - "Aston Villa" uchrashuvi bugun, 27 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
