Sheshkoning golsiz seriyasi davom etadi
27 DEKABR, 2025, 13:48
Benjamin Sheshko qatorasiga to'qqizinchi bor gol ura olmadi.
"Manchester Yunayted" hujumchisi APLning 18-turida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda 60 daqiqa harakat qildi, ammo gol ham ura olmadi, golli pas ham bera olmadi.
So'nggi marta sloveniyalik futbolchi 4 oktyabr kuni gol bilan maydonni tark etgandi. U klub va terma jamoa safida mavsumdagi 19 o'yinda jami ikkita gol urgan.
Forvard o'tgan yozda 76,5 million evroga va yana 8,5 million bonusga sotib olingan.
