logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Agent Nikolas Jeksonning kelajagi haqida gapirdi

 27 DEKABR, 2025, 13:42

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Nikolas Jeksonning manfaatlarini himoya qilayotgan futbol agenti Ali Barat senegallik futbolchining kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Jeksonni oldinda Afrika Kubogi va Myunxenda yarim yil kutmoqda. Bundan keyin nima bo'lishi haqida o'ylashga hali erta. Mavsum yakunida Nikolasning kelajagini muhokama qilamiz. Barcha variantlarni ko'rib chiqamiz va hal qilamiz," - deya agentning so'zlarini keltiradi insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o'tamiz, senegallik futbolchi "Bavariya" safida ijara asosida to'p tepmoqda. Hujumchining to'liq shartnomasi Londonning "Chelsi" klubiga tegishli.

Jeksonning Transfermarkt portalidagi narxi 45 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ