"Uning yuragi keng": "Real"ning sobiq futbolchisi Vinisiusni qo'llab-quvvatladi
27 DEKABR, 2025, 13:36
Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Lukas Vaskes Vinisius Juniorning xatti-harakatlari muhokama qilinayotgani fonida u haqida gapirdi.
Vaskesning so'zlariga ko'ra, braziliyalik vinger allaqachon etuk futbolchiga aylangan va o'z harakatlarini o'zi anglab etmoqda. Shu bilan birga, "Real"ning sobiq futbolchisi Vinisius butun faoliyati davomida birga ishlagan eng samimiy va mehribon insonlardan biri ekanligini ta'kidladi.
- Vini - men futbolda uchratgan eng yaxshi insonlardan biri. Va men odamlar buni bilishini xohlayman. Uning yuragi keng. Menimcha, uning temperamenti qaysidir ma'noda futbolga bo'lgan qobiliyatiga mos keladi," - deya Vaskesning so'zlarini keltiradi AS.
Shuningdek, Vaskes Vinisiusning emotsionalligini uning o'yin uslubi bilan bog'lagan.
