Florentino Peres Zidan qaytishini talab qilmoqda
27 DEKABR, 2025, 12:12
Madridning "Real" klubi hamon frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan nomzodini ko'rib chiqmoqda. Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresning shaxsan o'zi "Zizu"ni taklif qilishni talab qilmoqda.
Ammo bu rejani amalga oshirish uchun Zinedin Frantsiya terma jamoasidagi ishidan voz kechishiga to'g'ri keladi. Mutaxassis 2026 yilgi jahon chempionati yakunlangach, terma jamoani boshqarishni maqsad qilgan.
Eslatib o'tamiz, Zidan qo'l ostida "Real" ketma-ket uch marta Evropa Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi.
Ayni paytda "qaymoqranglilar" ustozi lavozimini ispaniyalik Xabi Alonso egallab turibdi. U 2025 yilning yozidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.
