logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"MYu" 45 oydan so'ng yana bu ishni uddaladi

 27 DEKABR, 2025, 10:30

Juma kuni Premer-liga doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Nyukasl" uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda "qizil iblislar" minimal hisobda g'alaba qozondi.

Ruben Amorim jamoasiga uch ochkoni 24-daqiqada himoyachi Patrik Dorguning aniq zarbasi keltirdi. Opta xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 2022 yilning mart oyidan beri birinchi marta Premer-ligada Brunu Fernandeshsiz g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. 45 oy muqaddam Ralf Rangnik boshchiligidagi mankunianliklar "Tottenxem"ni portugaliyalik futbolchisiz mag'lub eta olgandi (3:2). Hozirgi sardor yo'q bo'lgan keyingi oltita o'yinda atigi bir ochko (durang va beshta mag'lubiyat) to'plangan.

Fernandesh "Aston Villa" bilan o'tgan o'yinda jarohat olgandi, u yanvar oyining ikkinchi yarmida safga qaytishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ