The Ring VI shousi ishtirokchilarining to'liq tarkibi: Teofimo Lopec - SHakur Stivenson
27 DEKABR, 2025, 10:16
Bu malumotni Saudiya Arabistoni ko'ngilochar tadbirlar bosh boshqarmasi raisi Turki Al ash-SHayx tasdiqladi.Katta professional boks oqshomi - The Ring VI shousi 31 yanvardan 1 fevralga o'tar kechasi Nyu-York shahridagi "Medison Skver Garden"da bo'lib o'tadi.
Asosiy jang, avvalroq malum bo'lganidek, birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBO chempionlik kamari uchun Teofimo Lopes va SHakur Stivenson o'rtasida kechadi.
SHuningdek, shou doirasida yana beshta jang bo'lib o'tadi:
Birinchi yarim o'rta vazn: Kishon Devis - Jemeyn Ortis
Yarim engil vazn: Bryus Karrington - Karlos Kastro (WBC chempionligi uchun)
O'rta vazn: Karlos Adames - Ostin Uilyams (WBC chempionligi uchun)
O'ta og'ir vazn: Jarrell Miller - Kingsli Ibex
Yarim o'rta vazn: Ziyod Al Mayuf - Kevin Kastilo

Manba: olamsport.com
