logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" yangi yulduz uchun yaxshilangan taklif bilan chiqdi

 27 DEKABR, 2025, 07:54

"Barselona" "Al-Ahli" hujumchisi Hamza Abdulkarim bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Misr klubi La Liga grandining 17 yoshli futbolchi bo'yicha ilk taklifini rad etdi, bu haqda o'tgan haftada xabar berilgandi. Mundo Deportivo nashrining Misr OAVlariga tayanib xabar berishicha, endilikda "Barselona"dan yaxshilangan taklif kelib tushdi - 1,8 o'rniga 2 mln evro. Mish-mishlarga ko'ra, "Al-Ahli" taxminan 5 mln evro so'ramoqda.

Hamza Abdelkarim Afrikaning eng sovrindor klubining asosiy jamoasi safida beshta o'yin o'tkazgan. Misr o'smirlar terma jamoasi safida umidli forvard 19 ta o'yinda 12 ta gol va 6 ta assist muallifi bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ