«Manchester Yunayted» bu futbolchini sotib olishi shart!» – Luis Saa
26 DEKABR, 2025, 21:54
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Lui Saa klubga tarkibni kuchaytirish bo'yicha maslahat berdi. Saaning fikricha, "qizil iblislar" "Aston Villa" hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojersni o'z safiga qo'shib olishi kerak.
"Menimcha, "Manchester Yunayted"ga yarim himoyada kreativlikni kuchaytirishga yordam beradigan futbolchi kerak. Fernandesh va Mauntdan tashqari kreativda tezlik kerak. O'ylaymanki, Rodjers nafaqat o'yinni oldinga siljitishga, balki pressingni kuchaytirib, to'pni ushlab turishga qodir, bu esa boshqa o'yinchilarga pozitsiyalar bo'ylab harakatlanish uchun vaqt beradi. Aynan shunday futbolchi "Yunayted"ga kerak. Rojersni orzudagi transfer sifatida ko'ryapman», - dedi Saa.
"Manchester Yunayted" ayni damda Premer-liga turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.
