logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» Isaakning jarohati sabab «PSJ» forvardi Ramushni ijaraga olishi mumkin

 26 DEKABR, 2025, 20:36

«Liverpul» jarohat olgan hujumchi Aleksandr Isaakning o'rnini qisqa muddatda bosa oladigan bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, shunday variantlardan biri — «PSJ» hujumchisi Gonsalu Ramush. Mersisaydliklar portugaliyalik futbolchini olti oyga ijaraga olishlari mumkin.

Shuningdek, «Liverpul» «Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich va «Al-Ahli» forvardi Ayvan Toni nomzodlarini ham kuzatmoqda. Biroq bu futbolchilarga ko'proq uzoq muddatli echim sifatida qaralmoqda.

Eslatib o'tamiz, Isaak APLda «Tottenhem»ga qarshi o'yin (2:1) vaqtida to'piqdan jarohat olgan bo'lib, unda kichik boldir suyagi sinishi ham mavjud. The Athletic xabariga ko'ra, o'yinchi bir necha oy maydondan chetda qolishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ