logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Frantsiyalik sobiq murabbiy vafot etdi

 26 DEKABR, 2025, 20:06

Frantsiyalik sobiq murabbiy Jan-Lui Gasse 72 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi cnews.fr.

Monpele shahrida tug'ilgan Gasse deyarli butun futbolchilik faoliyatini shu nomdagi klubda o'tkazdi va uni yuqori ligaga olib chiqdi.

1985 yilda Gasse murabbiylikka o'tdi va "Monpele" bilan " Intertoto" kubogini qo'lga kiritdi, "Bordo" va "Marsel"ni boshqardi.

U "Monpele"ni uch marta boshqargan va oxirgi marta 2025 yil aprel oyida jamoani tark etgan. Gasse uzoq vaqt davomida Frantsiya terma jamoasi, "PSJ" va boshqa jamoalarni boshqargan Loran Blanning murabbiylar shtabida yordamchi bo'lib ishlagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ