Rasman. «Qizilqum» OKMKdagi sobiq futbolchisini qaytardi (foto)
26 DEKABR, 2025, 16:36
Navoiylik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan yosh iqtidorli darvozabon Humoyunshoh Sayyotov 2026 yilgi mavsumda “Qizilqum” sharafini himoya qiladi.
O'tgan mavsumda u Olmaliqning OKMK jamoasi tarkibida to'p tepgan. Futbolchi va klub o'rtasida bir yillik bitim imzolandi.
Eslatib o'tamiz, Humoyunshoh Sayyotov 2023-24 yilgi mavsumda ham “Qizilqum” jamoasi tarkibida harakat qilgandi.

