Ikki gruzin Madridda uchrashib qoldi + FOTO
26 DEKABR, 2025, 14:00
O'ta engil vaznda sobiq UFC chempioni Merab Dvalishvili o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yangi post joyladi.Merab engil vazn toifasida promoushen chempioni Iliya Topuriya bilan tushgan suratini ko'rsatdi. Ikki gruzin Madridda uchrashib qolishdi. Suratga izoh sifatida Merab Dvalishvili zo'riqtirilgan biceps ko'rinishidagi ikkita smaylni qo'shdi.
Malumot uchun, Merab Dvalishvili hozirgacha aralash yakkakurashlar bo'yicha 26 ta jangda ishtirok etib, 21 ta g'alabaga erishgan, shundan uchtasi nokaut bilan yakunlangan, hisobida 5 ta mag'lubiyat bor. Topuriya esa MMAda 17 ta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan (etti marta nokaut bilan).

Manba: olamsport.com
