logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kilian Mbappe Afrika Millatlar Kubogi o'yini uchun Marokashga keldi (Foto)

 26 DEKABR, 2025, 13:42

Madridning "Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi yulduz hujumchisi Kilian Mbappe Afrika Millatlar Kubogi o'yini uchun Marokashga etib keldi.

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko'ra 27 yoshli forvard 26 dekabr kuni bo'lib o'tadigan Afrika Millatlar kubogi 2-turidan o'rin olgan Marokash - Mali uchrashuviga borish uchun Rabot shahriga etib kelgan.

Qayd etilishicha, Kilian Marokashga tashrif buyurish uchun "PSJ"dagi sobiq jamoadoshi Ashraf Hakimdan taklifnoma olgan, frantsuz u bilan yaqin aloqada bo'lib turibdi.

Mbappe butun oilasi bilan: ukasi Itan, shuningdek, ota-onasi bilan Marokashga yo'l oldi.

Manbaga ko'ra, Kilian 29 dekabrga qadar Rabotda bo'ladi, shundan so'ng "Real" bilan mashg'ulotlarni davom ettirish uchun Ispaniyaga qaytadi.



Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ