logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Aston Villa" "Barselona" bilan kelishuvga erishish arafasida turibdi

 26 DEKABR, 2025, 13:36

"Barselona" qishdayoq Mark-Andre ter Shtegenni yo'qotishi mumkin.

Taniqli jurnalist va insayder Ekrem Konurning so'zlariga ko'ra, agar "Aston Villa" "Barselona" bilan kelishuvga erisha olsa, 33 yoshli germaniyalik darvozabon tez orada Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin.

Qayd etilishicha, "Villa" darvozaboni Emiliano Martinesning ketishi haqidagi mish-mishlar fonida klub o'yin amaliyoti etishmasligi sababli Kataloniyani tark etishga qaror qilgan "ko'k-anorranglilar"ning tajribali darvozabonini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda.

Avvalroq, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning asosiy darvozaboni Joan Garsiya bo'lishini, ter Shtegen esa zaxirada qolishini ma'lum qilgandi. Bu holat germaniyalik darvozabonga ma'qul kelmadi va u imkon qadar tezroq klubini o'zgartirishga qaror qildi.

"Aston Villa" va "Barselona" o'rtasidagi muzokaralar yuqori bosqichda ekani aytilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ