logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Portugaliyalik futbolchi "Al-Ittihod"ga o'tish arafasida turibdi

 26 DEKABR, 2025, 12:36

"Latsio" sharafini himoya qilayotgan portugaliyalik himoyachi Nunu Tavaresh faoliyatini "Al-Ittihod" klubida davom ettirishi mumkin. Saudiyaliklar 25 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni qishki transferlar davrida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Taniqli jurnalist va insayder Ekram Konur X ijtimoiy tarmog'ida Tavaresh allaqachon "Al-Ittihod"ga o'tishga rozilik berganini ma'lum qildi.

"Latsio" himoyachi uchun klubdan kamida 20 mln evro talab qilmoqda, bu summa "Al-Ittihod" uchun muammo bo'lmasligi kerak. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda va Tavaresh yangi yilni yangi klubida boshlashga yaqin turibdi.

2023 yilning yozida Nunu Tavaresh Londonning "Arsenal" klubidan 5 million evro evaziga "Latsio" bilan shartnoma imzoladi. Joriy mavsumda himoyachi "burgutlar" safida 10 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tavareshning "burgutlar" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 15 mln evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ