logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maradonaning yirtilgan formasi kimoshdi savdosida juda qimmatga sotildi

 26 DEKABR, 2025, 11:32

"Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, argentinalik futbol afsonasi Diego Maradonaga tegishli futbol formasi "Matchday Football Auctions" savdosida sotildi.

Mayka 123 000 evroga sotildi, ammo 23 foiz komissiya tufayli uning haqiqiy narxi 152 000 evroni tashkil etdi. Bu Maradonaning klub formalari orasida kimoshdi savdosida sotilgan eng qimmat formaga aylandi.

Maradona bu formani 1984 yilgi Copa Del Rey finalida "Barselona" safida kiygan. Jamoa o'shanda "Atletik Bilbao"ga 0:1 hisobida yutqazgan. O'yindan keyin maydonda janjal kelib chiqqan, natijada Maradonaning formasi yirtilgandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ