logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Eduard Mor: «Inter» «Milan» bilan oradagi farqni oshirib borsa kerak»

 26 DEKABR, 2025, 11:06

«Spartak» klubi sobiq futbolchisi Eduard Mor A seriya klublari «Milan» va «Inter» klublarining ayni paytda formasi haqida fikr bildirdi.

"Ayni paytda «Milan» Modrich tufayli ikkinchi o'rinda bormoqda. U tufayli «Milan»ning barcha o'yinlarini tomosha qilishga majbur bo'lyapman.

«Inter» esa hali o'yinini kuchaytiradi. Menga Kivuning ishi yoqyapti. U murakkab uslubni joriy qilyapti. O'ylashimcha, jamoalar ochko orasidagi farq oshib boradi», — dedi Eduard Mor.

15 turdan so'ng «Inter» 33 ochko jamg'arib, A Seriya turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. «Milan» esa ikkinchi pog'onada joylashgan bo'lib, «neradzurri»dan bor-yo'g'i bir ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ