logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Daniel Korme ayni paytda dunyoning eng yaxshi ikki MMA jangchisini aytdi

 26 DEKABR, 2025, 09:48

UFC shon-shuhrat zali azosi, yarimog'ir va og'ir vazn toifalarida promoushenning sobiq chempioni Daniel Korme ikki aralash yakkakurashchini alohida takidladi.

"Arman Carukyan faol bo'lish uchun talab etiladigan hamma narsani qilyapti, deb hisoblayman. Bu yigit dunyodagi eng yaxshi engil vaznli sportchi bo'lishi mumkin. Islam boshqa vaznga o'tganidan beri juda kuchli ko'rinmoqda. Uning gabariti katta, o'zi kuchli, jismonan juda baquvvat", - dedi Korme Red Corner MMA portali tarqatgan videoda.

SHuningdek, sobiq chempion engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriyani alohida takidlab, bugun aynan u va Carukyan MMA bo'yicha jahon cho'qqisida turganini aytib o'tdi.

"Iliya Topuriya - ajoyib chempion. O'ylashimcha, Iliya va Arman hozirda dunyoning eng yaxshi ikki jangchisi. Kun kelib ular albatta o'zaro jang o'tkazishlari kerak", - deya takidladi Korme.

Danielning so'zlariga ko'ra, Carukyan va Topuriya o'rtasidagi potencial qarama-qarshilik juda ham qiziq.

"Peddi Pimblett yaxshi, Jastin Getji ham, lekin Arman va Iliya o'rtasidagi jang anchagina qiziq. Nafaqat mahorat bobida - ularning jangi atrofida haqiqatan ham katta voqea qurish mumkin. Arman shunchaki fantastik jangchi. U Den Xuker bilan jangda ham ajoyib ko'rinishga ega edi", - deya so'zlariga yakun yasadi DC.



Manba: olamsport.com

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ