logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Amorim Maguayr va Kazemiro bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli nimalarga bog'liqligini aytdi

 26 DEKABR, 2025, 09:00

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim markaziy himoyachi Xarri Maguayr va yarim himoyachi Kazemiro bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatini istisno etmayapti.

Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi yarim yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi. Ma'lum bo'lishicha, angliyalik va braziliyalik futbolchi klubda qolish uchun maoshining sezilarli darajada pasayishiga rozi bo'lishi kerak.

"Hali qaror qabul qilinmagan. Men Maguayr va Kazemirodan juda mamnunman, lekin ularni nima kutayotganini bilmayman. Ko'p narsa mavsum yakuniga bog'liq bo'ladi. Ko'ramiz, chempionatda qaysi o'rinni egallar ekanmiz, evrokuboklarga yo'l olarmikanmiz," - deya Amorimning so'zlarini keltirmoqda ingliz OAV.

"Manchester Yunayted" 17-turdan keyin Premer-liga turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ