"Yuventus" to'rt himoyachidan birini tanlaydi
26 DEKABR, 2025, 08:54
"Yuventus" qishki transferlar davrida yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni istamoqda.
"Keksa sinora"ning short-listida "Milan"dan Koni de Vinter, "Sassuolo"dan Tariq Muharemovich va "Tottenxem"dan Radu Dregushin bor, deya xabar beradi jurnalist Mirko di Natale. Shuningdek, turinliklar "Brayton" a'zosi Diego Koppoleni ham ko'z ostiga olib qo'ygan.
De Vinter, Muharemovich, Dregushin va Koppolaning Transfermarkt portalidagi narxi mos ravishda 20, 14, 22 va 10 mln evroga baholanmoqda.
"Yuventus" A Seriya 16-turidan keyin turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Shanba kuni Luchano Spalletti jamoasi "Piza"ga qarshi bahs olib boradi.
