Donnarumma "Manchester Siti"ga uni kim chaqirganini aytdi
26 DEKABR, 2025, 05:24
"Manchester Siti"ning italiyalik darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoa hujumchisi Erling Xoland uni aynan "PSJ"dan "Siti"ga o'tishga undaganini ma'lum qildi.
"Xoland meni bu erga kelishga juda ko'p undadi. [Xosep] Gvardiola qo'l ostida o'ynayotganimdan xursandman," - deya Donnarummaning so'zlarini keltiradi Calciomercato.
2025 yil 1 sentyabrda darvozabon bilan shartnoma imzolangani e'lon qilindi. Transfer qiymati 35 mln evroni tashkil etdi. 26 yoshli Donnarumma ingliz klubi bilan 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Janluiji Donnarummani 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topgani haqida xabar berilgandi.
