logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nemanya Matich: "MYu" va "Real" dunyoning eng yirik klublari"

 26 DEKABR, 2025, 05:06

Nemanya Matich 2017 yilda "Chelsi"dan "Manchester Yunayted"ga o'tganini esladi.

"Joze Mourino meni "Manchester Yunayted"da ko'rishni istaganini va muhitni o'zgartirishim, boshqa narsani sinab ko'rishim kerakligini aytdi. "Chelsi" ham mening pozitsiyamga yangi o'yinchi kerak deb hisoblagandi. Menga bu haqda aytishmadi, lekin men buni his qildim.

"Yunayted" - katta klub, fantastik va to'g'risini aytsam, men bu jamoaga o'tishim kerakligini his qildim.

Uning vakili bo'lishni men o'zim uchun katta sharaf va imtiyoz deb bilardim. Hatto bugun ham bu to'g'ri qaror bo'ldi deb o'ylayman.

Men uchun "MYu" va "Real" tarixan dunyodagi eng yirik ikki klubdir," - dedi "Sassuolo" xavbeki.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ